top of page

Mastercard va ZOOD O‘zbekiston moliyaviy institutlari va riteylerlari uchun BNPL kompleks yechimiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazadi

1958x849 uz.jpg

Mastercard va ZOOD 2024-yil 10-oktyabr kuni Toshkentda eksklyuziv biznes nonushta o‘tkazadi. Tadbir Mastercard va ZOOD innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z muddatli to‘lov kartalarini ishga tushirishni xohlovchi moliyaviy institutlar, fintex va riteyl kompaniyalari uchun keng qamrovli BNPL yechimini taqdim etishga bag‘ishlangan.
 
BNPL bo‘yicha kompleks yechim hozirgi kunda jadallik bilan o‘sayotgan “Hozir oling, keyin to‘lang” (ingliz tilidan "Buy Now, Pay Later" – BNPL) bozoriga tez va samarali kirish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu yechim banklar, fintex kompaniyalari va riteylerlarga o‘z mijozlariga Mastercardning global qamrovi va ZOODning fintex sohasidagi ekspertizasi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan noyob xizmatni taklif qilish imkonini beradi.
 
Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
 
BNPL kompleks yechimi haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi elektron manzilga yozishingiz mumkin: tech@zood.biz

bottom of page