top of page

Brend bo‘yicha qo‘llanma  

Bizning brendimiz kim ekanligimizni hamda foydalanuvchilarimiz mahsulot va xizmatlarimizni ko‘rib, o‘zlarini qanday his qilishlarini xohlashimizni aks ettiradi.Quyida siz ZOODPay, ZOODMall, ZOODBusiness, ZOODShip va ZOODCard uchun tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.  

Bizning shaxsiyatimiz tashqi muloqotlar uchun foydalaniladigan ohangni belgilaydi. Bu bizning qadriyatlarimiz timsoli sifatida ifodalanishi kerak. Biz jasur va optimistmiz. Bizning logotipimiz eng qimmatli korporativ mulklarimizdan biridir, hamda bizni raqobatchilarimizdan va boshqa kompaniyalardan noyob ravishda ajratib turadi. Bu brendimizning vizual ramzi bo‘lib, biz uchun barcha narsalarni aks ettiradi: tajribamiz, qadriyatlarimiz, xodimlarimiz, takliflarimiz.

Matnlarda foydalanish 

Agar siz bizning brendimiz va xizmatlarimizdan matnlarda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ularni ishlatishning to‘g‘ri usuliga rioya qilish muhimdir.  

1. ZOOD har doim to‘laligicha bosh harflar bilan ishlatilishi kerak (noto‘g‘ri misollar: Zood, zood)  

2. Xizmat nomlarining birinchi harfi katta harf bilan boshlanishi kerak, qolgan belgilar esa kichik harf bilan yozilishi kerak, masalan: ZOODCard yoki ZOODMall (noto‘g‘ri misollar: ZOODPAY, ZOODpay)  

3. Agar siz bizning xizmatlarimiz nomida ZOOD ni ishlatmoqchi bo‘lsangiz, u to‘liq bosh harflar bilan yozilishi kerak (noto‘g‘ri misollar: ZoodPay, zoodPay). 

Logotipdan foydalanish  

Bizning logotipimizdan hamma joyda, hatto platformamizdan tashqarida ham bir xil foydalanilishini ta'minlash muhimdir. Shuningdek, logotip foydalanuvchilar uchun to‘liq tushunarli ekanligiga, logotip hamma joyda bir xil tuyg‘u yaratishiga va foydalanuvchilar uchun yetarli darajada ko‘rinadigan bo‘lishiga e'tibor qaratilishi kerak.  

​Iltimos, bizning logotipimizni asosiy rangda ishlatganda, ichki Z uchun oq rangdan foydalanishingiz kerakligini unutmang Faqat logotipni to‘laligicha oq rang (fon)da ishlatsangiz, Z-dan shaffof element sifatida foydalanishingiz mumkin.  

Logotipimiz rangi sifatida faqat bizning asosiy ko‘k va oq ranglarimizdan foydalanish mumkin.  

bottom of page