top of page
business growth 2500x1080 RU.png

Kichik va o‘rta biznes uchun tovar zaxiralarini moliyalashtirish

fargo 2 2500x1080 RU.png

Hududlarimizda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) gullab-yashnamoqda, lekin ularda o‘z biznesini rivojlantirish uchun an’anaviy kredit mahsulotlaridan foydalanish imkoni yo‘q. Shu sababli, biz ZOOD ekotizimidagi tanlangan sotuvchilar uchun eng so‘nggi FinTech B2B “ZoodPay KO‘B uchun tovar zaxiralarini moliyalashtirish” taklifimizni ishga tushirdik, hamda har oylik tovar zaxiralarini moliyalashtirish va kerakli saqlash texnologiyasini taqdim etamiz.

 

Ushbu xizmatdan foydalanadigan sotuvchilar moliyalashtiriladigan mahsulotlarni bizning fulfilment-markazimizga yuboradi, bu yerda ular mijozlarning debitorlik qarzlari bilan birga garov sifatida xizmat qiladi. Biz hamkorning eng ko‘p sotiladigan mahsulotlari qiymatining 80% gacha bo‘lgan miqdorini 30 kun davomida moliyalashtiramiz va ularni maxsus omborimizda bepul saqlaymiz. Biz bir sotuvchi uchun 30 000 dollargacha yoki milliy valyutadagi shunga teng bo‘lgan mablag‘ miqdorida moliyalashtirishni taqdim etamiz.

Biz sotuvchilarimizga tovar zaxiralarini moliyalashtirish mahsulotimizmahsuloti bilan birgalikdabirga ZoodShip elektron logistika xizmatini ham taklif etamiz. «ZoodShip» buyurtmalarni bajarish, qadoqlash, ZoodShip Smart pochtomatlari tarmog‘imiz orqali kiyib ko‘rish xonalari bo‘lgan o‘zi olib ketish joylarinijoylari, ZoodPay buyurtmalari uchun kurerlik xizmatinikuryerlik xizmati va pochta jo‘natmalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu xizmat texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, to‘liq mahalliy 3PL kompaniyalariga autsorsing uchun berilgan.

«ZoodShip» tezroq yetkazib berishni va yetkazib berish xarajatlari kamayishini kafolatlaydi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuningdek, u sotuvchilarga ularning o‘z kundalik operatsiyalaridaamaliyotlarida yordam beradi.

Biznesingizni kengaytirish imkoniyatini boy bermang!

bottom of page