top of page

ZOOD ekotizimi

MicrosoftTeams-image (1744).png

Biz foydalanilmaydigan va yetarlicha xizmat ko‘rsatilmaydigan bozorlardagi elektron tijorat uchun Shveytsariyaning raqamli moliyalashtirish platformasimiz. Moliyaviy-texnologik yechimlar, elektron tijorat va elektron logistikani birlashtirgan yaxlit ekotizimimiz O‘zbekiston, Livan va Pokistondagi 300 milliondan ortiq iste’molchi va 5 milliondan ziyod sotuvchiga innovatsion taqsimot orqali moliyalashtirishdan foydalanish imkonini beradi.

Moliyaviy-texnologik yechimlar

payment-method-uz.png

Ushbu ekotizimdagi asosiy faoliyatimiz moliyalashtirishdir. ZoodPay uch turdagi xizmatni taklif qiladi:

  • ZoodPay "Hozir xarid qiling, keyin to‘lang" muddatli to‘lov xizmati – bu to‘rtta teng qismga bo‘lingan foizsiz, moslashuvchan to‘lov yechimidir. Buyurtma berish jarayonida ushbu to‘lov usulini tanlagan mijoz sotib olish vaqtida jami xarid miqdorining 25% ini to‘laydi va 75% lik qoldiq keyingi uch oyga davomida teng taqsimlanadi.

  • Zoodpay muddatli to‘lov xizmati – bu foizli to‘lov asosida 6 yoki 12 ta teng to‘lov orqali amalga oshiriladigan to‘lov yechimidir. Bunda mijoz sotib olishning to‘liq narxini, shu jumladan asosiy qarz va hisoblangan foizlarni to‘laydi.

  • ZoodPay kichik va o‘rta biznes uchun zaxiralarini moliyalashtirish – bu bir oygacha ma'lum bir ZOOD sotuvchilari uchun xizmatimiz. Shuningdek, biz maxsus fulfilment markazi orqali saqlash, qadoqlash va "uygacha" yetkazib berishni ta'minlaymiz. Sotuvchilar moliyalashtirilgan mahsulotlarni bizning omborimizga jo‘natadilar, bu yerda ular mijozlarning debitorlik qarzlari bilan birga garov sifatida xizmat qiladi.

Elektron tijorat

catalog-uz.png

ZoodMall, bizning super Zood ilovamizdagi, bugungi kunda 10 milliondan oshadigan va doimiy ravishda o‘sib borayotgan foydalanuvchilar bazasiga ega bo‘lgan muddatli to‘lov savdo platformasi, talab yoki iste'molchilar tomoniga e'tibor qaratadi hamda sotuvchilarga qimmat marketing tadbirlariga pul sarflamasdan potensial mijozlarni jalb qilish va o‘z bizneslarini onlayn ravishda targ‘ib qilish imkoniyatlarini taqdim etadi.

ZoodMall bozori Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirish murakkabligi va ularning tez o‘sib borayotgan tabiatini inobatga olgan holda moslashuvchan to‘lov yechimlari bilan u yerda faoliyat yuritishga intilayotgan mahalliy va transchegaraviy sotuvchilar uchun ideal yechim hisoblanadi.

ZoodMall, shuningdek, transchegaraviy sotuvchilarga tezkor integratsiya yechimi va past qidiruv xarajatlari tufayli yetkazib berish bilan yoki joylarda ishlashni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan logistika qiyinchiliklarini yengishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida bozorlarni sinovdan o‘tkazishdan oldin katta investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, faqat savdo ko‘rsatkichlari uchun yo‘naltiriladigan xarajatlarni cheklaydi va mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni boshqarishning mas’uliyatli zaruratini yo‘qotgan holda moliyaviy xavflarni bartaraf etadi.

ZoodMall 30 000 mahalliy va xalqaro sotuvchilardan 7 milliondan ortiq mahsulotlarni taklif qilgan holda, foydalanuvchilarga bizning moslashuvchan to‘lov yechimlarimiz orqali mahsulotlarni sotib olish imkonini beradi.

Elektron logistika

MicrosoftTeams-image (1607).png

Biz ekotizimimizni elektron logistika xizmati bilan to‘ldirdik. ZoodShip fulfilment, birlashtirish va mijozning uyigacha yoki bizning 250 ZoodBox pochtomat va tarqatish punktlari tarmog‘imiz orqali "uygacha" yetkazib berishini o‘z ichiga oladi.

ZoodShip ZOOD buyurtmalari uchun omborxona, fulfilment, qadoqlash, kiyinish xonali olib ketish punktlari, pochtomatlar, kuryer va pochta orqali yetkazib berishni taklif qiladi. ZoodShip tezroq yetkazib berish vaqti va yetkazib berish xarajatlarini kamaytirishni kafolatlaydi, va shu bilan foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi. Bu, shuningdek, sotuvchilarga kundalik ishlarida yordam bergan holda, ularni ekotizimimizga jalb qiladi va ular bilan hamkorligimizni mustahkamlaydi.

Без-имени-3.png

ILOVANI YUKLAB OLISH

Moslashuvchan to'lov usullari ZoodMall bilan

bottom of page