top of page
from china 1920x1080 UZ.png

ZoodPay Transchegaraviy savdolar 

ZOOD: Yaqin Sharqda va Markaziy Osiyoda sotuvchilarning imkoniyatlarini «Hozir xarid qiling, keyin to‘lang» transchegaraviy yechimlari bilan kengaytirish. ​​


O‘z yo‘nalishida birinchi bo‘lgan taklif doirasida Xitoy, Yevropa va Turkiyadagi sotuvchilar endi ZOOD ekotizimi orqali o‘z tovarlarini Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston, Pokiston va Livan davlatlarida tez rivojlanayotgan onlayn xarid bozorlarida xaridorlarga targ‘ib qilishi va sotishi mumkin.

 

Ushbu harakat transchegaraviy savdoni tezlashtiradi, chunki bunda savdogarlar ZoodPay «Hozir xarid qiling, keyin to‘lang» yechimini, ZoodMall savdo platformasini va ZoodShip logistika infratuzilmasini o‘z ichiga olgan ZOOD ekotizimidan foydalanishi mumkin.

 

ZoodPay xaridorlarga tovarlarni 4ta, 6ta yoki 12ta to‘lovga bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan o‘z milliy valyutasida xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Xaridorlar bir zumda tasdiqlashga ega bo‘ladi va bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun o‘zining bank kartalaridan foydalanishi mumkin, sotuvchilarga esasotuvchilar xarajatlari EvroYevro valyutasida qoplanadi.

 

«Hozir xarid qiling, keyin to‘lang» (BNPL) yechimini beruvchi kompaniya sifatida ZoodPay sotuvchilarga o‘z onlayn-do‘konlarini Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi yangi bozorlarda qo‘shimcha xarajatlarsiz va vositachilik haqisiz kengaytirish uchun betakror transchegaraviy imkoniyatni taqdim etadi.

 

ZOOD ekotizimiga qo‘shilgan sotuvchilar betakror va universal taklifga ega bo‘ladi, jumladan, yuqoriroq buyurtma qiymatiga ega bo‘lgan yangi mijozlarni jalb qilish, mijozlarni jalb qilish  xarajatlarini kamaytirish, savdoni oshirish, xavfsiz, moslashuvchan va ommabop to‘lov usullarini, mahsulotni yetkazib berish uchun to‘liq funksiyali logistika yordamini taqdim etish, mahsulot qaytarilishi sonini kamaytirish, brendga sodiqlikni oshirish, shuningdek, ZoodMall savdo platformasida talabni shakllantirish va tovarlarni targ‘ib etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. «ZoodMall» - Yaqin Sharqda va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan mobil xarid ilovasi bo‘lib, u hozirning o‘zida iste’molchilarga 30 000dan ortiq mahalliy va transchegaraviy sotuvchilarning yetti million tovarlarini xarid qilish imkoniyatini beradi.

 

ZoodMall savdo platformasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlarining bozorlariga BNPL yechimi bilan kirishni istagan transchegaraviy savdogarlar uchun ideal imkoniyatdir. Bundan tashqari, ushbu imkoniyat tezkor integratsiya yechimi va past qidiruv xarajatlari tufayli yetkazib berish bilan yoki joylarda ishlashni tashkil etish  bilan bog‘liq bo‘lgan logistika qiyinchiliklarini yengishga imkon beradi, bozorlarni sinovdan o‘tkazishdan avval katta investitsiyalar kiritish zaruratini kamaytirish orqali moliyaviy xavflarni bartaraf etadi va mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni boshqarishning mas’uliyatli zaruratini yo‘q qiladi.

 

«ZoodPay» shuningdek, savdogarlarga o‘z internet-do‘konlari tizimiga oson integratsiyalashuvni hamda OpenCart, Magento, PrestaShop yoki WooCommerce kabi mashhur elektron tijorat platformalari orqali Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi mijozlarga taklif berish imkonini taklif etadi.

Biznesingizni kengaytirish imkoniyatini boy bermang!

bottom of page