Mastercard va ZOOD O‘zbekistondagi birinchi virtual muddatli to‘lov kartasini ishga tushirdi
-
ZOOD kartasi do‘konlarda va onlayn xarid qilishda darhol bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etib, yanada ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi
-
ZOOD kartasi taklifi Markaziy Osiyoda noyob bo‘lib, iste’molchilarga mahalliy va xalqaro onlayn do‘konlarda 12 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyatini beradi
Toshkent, O‘zbekiston – 2024-yil 25-sentabr: Mintaqada moslashuvchan to‘lov yechimlarini joriy etishni tezlashtirishga qaratilgan mavjud ko‘p bozorli hamkorlik doirasida Mastercard hamda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi elektron tijorat sohasidagi yetakchi raqamli moliyalashtirish platformalaridan biri bo‘lgan ZOOD O‘zbekistonda virtual muddatli to‘lov kartasi – ZOOD Cardni taqdim etdi.
Bozorda bunday turdagi birinchi taklif sifatida ZOOD kartasi iste'molchilarga o‘z xaridlarini do‘konlarda ham, mahalliy va xalqaro onlayn platformalarda ham oddiy oylik to'lovlarga bo'lib to'lash imkonini beradi.
KPMG ma’lumotlariga ko‘ra, 2027-yil oxiriga kelib, O‘zbekistonning elektron tijorat sektoridagi POS moliyalashtiruvi va BNPL (ingliz tilidan “Buy Now Pay Later” – hozir sotib ol, keyin to‘la) bozor ulushi yuqori segmentda 22% ga yetishi kutilmoqda. Moslashuvchan moliyalashtirish imkoniyatlarini taklif qiluvchi virtual muddatli to‘lov kartasi iste'molchilarga to‘lovni 3, 6 yoki 12 qismga bo‘lish orqali 20 million so‘mgacha xarid qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, kartani olish mutlaqo bepul.
"Zamonaviy iste'molchilar xavfsiz operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘proq moslashuvchanlik va tanlovni talab qilishadi. ZOODning innovatsion yondashuvini Mastercardning global tarmog‘i va texnologiyalari bilan birlashtirib, biz nafaqat qulay moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirmoqdamiz, balki butun mintaqada raqamli xilma-xillikni rag‘batlantirmoqdamiz", — deya izoh berdi Amnah Ajmal, EEMEA Mastercard bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti
Mastercard tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ZOOD virtual muddatli to‘lov kartasi kompaniyaning joriy BNPL taklifini virtual bo'lib to'lash imkoniyati bilan to'ldiradi, Ipak yo'li banki BIN homiysi sifatida ishlaydi. Ushbu hamkorlik mintaqadagi moslashuvchan to'lov yechimlariga bo'lgan talabni qondiradi va bank ximatlaridan foydlanish imkoniyati cheklangan mijozlarga qulay to'lov yechimlarini taqdim etish orqali moliyaviy xilma-xillikni rag'batlantiradi. Virtual karta dastlab mavjud ZOOD mijozlariga taqdim etiladi, so'ngra oktyabr oyida ko'lami yanada kengaytiriladi.
“ZOOD Card O‘zbekistondagi birinchi o‘ziga xos virtual muddatli to‘lov kartasi bo‘lib, u BNPL bozorini o‘zgartirishga va iste’molchilarga o‘z mablag‘larini oson va qulay boshqarish imkoniyatini berishga qaratilgan. Mastercard bilan hamkorligimiz tufayli mijozlarimiz Amazon, Ebay yoki Alibaba kabi yirik mahalliy va jahon onlayn do‘konlarida hamda O‘zbekistondagi har qanday oflayn do‘konda real vaqtda 12 oygacha bo‘lib xarid qilishlari mumkin Bularning barchasini istalgan joyda va istalgan vaqtda, faqat ZOOD ilovasidan foydalangan holda amalga oshirsa bo‘ladi”, deydi Michael Khoi, ZOOD kompaniyalari guruhi bosh direktori.
Ushbu tashabbus ZOOD va Mastercardning Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha BNPLni joriy etishni tezlashtirishga qaratilgan mavjud hamkorligiga asoslanadi, bunda ikkala tomon banklar, Fintex kompaniyalar va chakana savdo provayderlariga BNPLni xizmat sifatida taqdim etadi.
Mastercard haqida (NYSE: MA) www.mastercard.com
Mastercard to‘lov tizimlari sohasida global texnologiya kompaniyasidir. Kompaniya xavfsiz, sodda, intellektual va hamyonbop operatsiyalarni amalga oshirish orqali barchaga, joylashuvidan qat'iy nazar, foyda keltiradigan inklyuziv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga intiladi. Ilg‘or texnologiyalar, himoyalangan ma'lumotlar va global hamkorlikdan foydalangan holda Mastercard insonlarga, moliya institutlariga, davlatlarga va biznesga o‘z maqsadlariga erishishda yordam beradi. 210 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab olgan tarmoq bilan kompaniya barqaror dunyoni yaratishga va hamma uchun yangi imkoniyatlarni ochishga sharoit yaratadi
ZOOD haqidaZOOD raqamli moliyalashtirish platformasi bo‘lib, O‘zbekiston, Pokiston va Livandagi 300 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va KO‘B subyektlariga innovatsion va ommaviy moliyaviy vositalarni taqdim etish orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. ZOOD bosh ofisi Shveysariyada joylashgan. Kompaniya moliyaviy texnologiyalar sohasidagi jadal rivojlanayotgan bozorlarda 10 milliondan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan o‘nta ofisdan iborat. kompaniya FinTech yechimlar (ZOOD Pay), Marketpleys (ZOOD Mall), va elektron logistika xizmatlari (ZOOD Ship) o‘z ichiga olgan keng qamrovli ekotizimni taklif etadi, bunda moliyalashtirish uning faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi.